Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borimoqda

Namangan viloyatining Kosonsoy  shahrida yashovchi, 1998-y.t. U.S.  Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirgan

U oʻzining mansabdor tanishlari orqali ularni Buyuk Britaniya davlatiga ishlash uchun yuborish va buning uchun zarur boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda viza olishda yordam berishini aytgan. 

Buning evaziga 12 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borimoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling