Mavjud elektr qurilmalarida ta‘mirlash ishlarini olib borish maqsadida 3-iyun kuni Bektemir tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
- Ushbu hududlar: “Mirishkor”, “Zilola”, “Iqbol”, “Chashma”, “Rohat” hamda “Majnuntol” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.