Toshkentda sodir boʻlgan YTHda 2 kishi jarohatlandi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasida 14-fevral kuni soat 01:05 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1985-yilda tugʻilgan D.M. boshqaruvidagi Lacetti va 2004-yilda tugʻilgan N.N. boshqaruvidagi SHAANXI rusumli yuk mashinasi oʻzaro toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida Lacetti avtomashinasining 2 nafar yoʻlovchilariga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling