Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH oqibatida 6 yoshli bola vafot etdi

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani, “Dehqonobod” M.F.Y hududidan o‘tgan yo‘lda 16 avgust kuni soat 16:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1992-y.t. haydovchi T.M. Gaz-3110 avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismiga chiqib yuborgan voyaga yetmagan 2019-y.t. X.M. ni urib yuborgan. 

Hodisa oqibatida X.M tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam qaramasdan shifoxonada vafot etgan. 

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling