Buxoro, Namangan va Urganchda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumanida I.N. fuqaro D.T.dan 4 000 dollarni 51,6 mln soʻmga sotib olgan vaqtida, fuqaro Z.H. (muqaddam sudlangan) fuqaro G.Z.dan 3 000 dollarni 38,7 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Namangan va Urganch shahrida A.D. fuqaro M.B.ga 3 500 dollarni 45,5 mln soʻmga sotgan vaqtida, fuqaro S.S. fuqaro D.X.dan 3 200 dollarni 40,8 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.