Buxoro viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasiga yangi boshligʻ tayinlandi

Tayinlovga qadar u Milliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Elyor Oltiyev Buxoro viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

E. Oltiyev 2011-yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat bosqichini, 2017-yil Buxoro davlat tibbiyot institutining klinik ordinaturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida boshlagan.

Turli yillarda Buxoro viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasida bosh mutaxascis, boʻlim boshligʻi, Kogon shahar va Qorakoʻl tuman tibbiyot birlashmalari boshligʻi, shuningdek Bolalar milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vazirligida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi kabi qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar E. Oltiyev Milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling