Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida ham “Afrosiyob"ning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qo‘shimcha qatnovlar 20, 25, 31-mart va 1-aprel kunlari amalga oshiriladi

Navro‘z va Ramazon hayiti bayramlari munosabati bilan Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qo‘shimcha qatnovlar 20, 25, 31-mart va 1-aprel kunlari amalga oshiriladi. Qatnov jadvali quyidagicha:

778-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi

  • Toshkent 06:03 — Buxoro 10:14

777-sonli “Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi

  • Buxoro 17:55 — Toshkent 22:08
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling