Buxoro tumanida joylashgan xususiy bog‘chada 28-mart kuni 2023-yilda tug‘ilgan Sh.Sh. tok urishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan 2-aprel kuni tuman prokuraturasi tomonidan JKning 116-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki tergovda mazkur nodavlat bog‘cha tarbiyachisi M.J. o‘z kasbiga nisbatan beparvo hamda o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi, o‘ziga biriktirilgan guruhda tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirganligi aniqlandi.
Mazkur jinoyat ishi 18-iyun kuni mazmunan ko‘rishlik uchun sud muhokamasiga yuborildi.