Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodadagi xususiy bogʻchalarning birida 1,5 yoshli tarbiyalanuvchi tok urishi oqibatida vafot etganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat MMTB axborot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, holat boʻyicha oʻrganish jarayonida 28-mart kuni Buxoro tumanida joylashgan nodavlat bogʻchada 2023-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchi Sh.Sh.ning vafot etganligi aniqlandi.
Ayni paytda IIB tomonidan bolaning oʻlim sabablari yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.