Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun O‘zbekiston yetakchisi "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi navbatdagi sammitda ishtirok etadi va Xitoy raisi bilan muzokara o‘tkazadi.