Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Italiya" formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibiga muvofiq, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va taʼlim sohalarida yana-da rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.