Kanada va Ispaniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

Kristofer Duggan Kanadaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

“Hozirda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari faol tashqi siyosat olib bormoqda. Mintaqamizning global roli ham kengayib bormoqda. Biz ikki davlat aloqalarida hali roʻyobga chiqmagan katta salohiyat koʻrmoqdamiz. Janob Elchiga faoliyati davomida mamlakatlarimiz oʻrtasida mavjud koʻpriklarni mustahkamlash va yangilarini barpo etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deydi vazir.

Rikardo Martines Vaskes Ispaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi yuqoriga qarab ketayotganligi yaqqol namoyon boʻlmoqda. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari birgalikda hayotga tatbiq etishi lozim boʻlgan ulkan imkoniyatlarni alohida eʼtirof etdik. Janob elchiga ikki mamlakat hamkorligining yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishda va samarali faoliyat olib borishida omad tilaymiz”, — deb yozadi vazir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling