Qozogʻistonda oʻzbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston—Qozogʻiston chegarasidagi “Maysiy” postida oʻzbek haydovchisini qozoq yigitlar pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston—Qozogʻiston chegarasidagi “Maysiy” postida oʻzbek haydovchisini qozoq yigitlar pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Oʻzbekiston Transport vazirligi mazkur holat boʻyicha maʼlumot berdi.

3-noyabrda Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasidagi (Qozogʻistonning Turkiston viloyati, Sariyogʻoch tumani) “S.Najimov – Kazigurt” nazorat-oʻtkazish punktida sodir boʻlgan hodisa, shuningdek, “Kurmangazi” chegara oʻtish punktida Astraxan shahri (Rossiya) yoʻnalishida yuk avtotransport vositalarining toʻplanib qolish holati yuzasidan Qozogʻiston Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralarda qozoq tomoni oʻzbek haydovchisiga jarohat yetkazish bilan bogʻliq hodisa tegishli organlar tomonidan nazoratga olingani, hozirda Turkiston viloyati, Sariyogʻoch tuman politsiya boʻlimi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilayotgani va Qozogʻiston JKning 293-moddasi bilan ish qoʻzgʻatilganligi, gumondor shaxs Qozogʻiston fuqarosi qidirilayotganligini maʼlum qildi.

“Kurmangazi” chegara oʻtish punktida avtotransport vositalarining toʻplanib qolishi holatini oldini olish boʻyicha esa qozoq tomoni barcha tegishli choralarni koʻrmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling