Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yaxshilash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur koʻchasi boʻylab 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish boʻyicha keyingi ishlar uchun yoʻl qoplamasinj demontaj qilish ishlari olib boriladi.
Shu sababli, 10-noyabr kuni kech soat 00:00 dan 11-noyabr kuni soat 22:00 ga qadar Bobur koʻchasining Seul koʻchasi bilan kesishmasidan Bahodir koʻchasigacha boʻlgan qismida bir tomondan avtomobil harakat cheklanishini maʼlum qilamiz.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling“Noqulayliklar uchun uzr soʻrab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun, haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, – deyiladi xabarda.