Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Rossiyada qarovsiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari 11-oktyabrda “Yekaterinburg-Toshkent” aviareysi orqali vatanga kuzatib qo‘yildi.

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Jumladan, 2008, 2020 va 2018 (ikki nafar) va 2023-yilda tug‘ilgan bolalarni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida Chelyabinsk viloyati Ijtimoiy munosabatlar vazirligi Vasiylik va homiylik ishlarini tashkil etish markazi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda tomonlar masalaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqib, Bosh konsulxona xodimi guvohligida voyaga yetmagan fuqarolarni topshirish va qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirdi.

Voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari 11-oktyabrda “Yekaterinburg-Toshkent” aviareysi orqali vatanga kuzatib qo‘yildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling