Futbol. Oʻzbekiston U-17 jamoasi BAAni magʻlub etib, yarim finalga yoʻl oldi

Endi oʻzbekistonlik futbolchilar yarim finalda Indoneziya — Shimoliy Koreya juftligi gʻolibi bilan bahs olib boradi.

Futbol boʻyicha 17 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Turnirning chorak finalida Oʻzbekiston yoshlari BAAga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning birinchi boʻlimidayoq oʻyin taqdiri hal boʻldi.  Asilbek Aliyev dublga erishgan boʻlsa, Sayfiddin Sodiqov uchinchi golni urdi. Muhammad Buti esa javob toʻpini kiritdi.

Endi oʻzbekistonlik futbolchilar yarim finalda Indoneziya — Shimoliy Koreya juftligi gʻolibi bilan bahs olib boradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling