Toshkentda sodir bo'lgan YTH oqibatida ikki kishi jarohatlandi

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasida 22-yanvar kuni soat 09:10 larda YTH sodir boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, 1998-yilda tugʻilgan haydovchi U.M. boshqaruvidagi Malibu-2 hamda 2002-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi Malibu-2 avtomashinalari toʻqnashuvi natijasida YTH sodir boʻlgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida haydovchi va yoʻlovchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling