Toshkentda taʼmirlash ishlari sabab 3,6 mingdan ortiq xonadon gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Chilonzordagi oʻrta bosimli yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi oʻrta bosimli yer osti gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida 14-fevral kuni soat 12:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • “Navbahor” MFYdagi 6 ta koʻp qavatli uylardagi 602 ta xonadon
  • “Xalqlar doʻstligi” va “Dilobod” MFYlaridagi 64 ta koʻp qavatli uylardagi 2348 ta xonadon
  • “Novza” MFYdagi 14 ta koʻp qavatli uylardagi 672 ta xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling