Toshkentda Lacetti haydovchisi 71 va 64 yoshli piyodani urib yubordi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasida 22-oktabr kuni  soat 06:20 larda YTH sodir boʻldi.

Haydovchi 1985-yilda tugʻilgan S.K. Lacetti avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻlning belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan 2 nafar piyoda 1953-yilda tugʻilgan S.K. va 1960-yilda tugʻilgan K.S.larni urib yuborgan.

Soʻng rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi daraxt poyasiga toʻqnashgan.

YTH natijasida haydovchi va piyodalar olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan, ularning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling