Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi 7-sonli davlat bog‘chasida 30-iyun kuni soat 9:45 larda bola 2-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar MMTB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bog‘cha tarbiyalanuvchisi R.I. nazoratsizlik oqibatida ikkinchi qavat zinasidan yiqilib tushgan. Bundan xabar topgan tashkilot hamshirasi tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan va 16-sonli shahar shifoxonasi bolalar bo‘limiga olib borishgan.
Shifokorlarning birlamchi tashxisiga ko‘ra, tarbiyalanuvchi R.I. ga “ikki qo‘l bilak sohasi sinishi, burun suyak sohasi sinishi, yuqori jag‘ kurak tishlarining aliyonlari osig‘ining sinishi” tashxisi qo‘yilgan.
Bolaning ahvoli og‘ir bo‘lganligi sababli jonlashtirish bo‘limiga joylashtirishganligi, ahvoli yaxshilanganidan so‘ng jonlantirish bo‘limidan chiqarishganligi aniqlangan.
Ayni paytda holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.