Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda “prava”siz 17 yoshli bola YTH sodir etdi

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Toshkentning Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida 12-sentabr kuni soat 00:45 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2008-y.t. B.J. (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) davlat raqam belgilarisiz Spark‘ni boshqargan.

U o‘z yo‘nalishini Cho‘pon ota ko‘chasiga o‘zgartirib, 3-qatordan 1-qatorga keskin burilib, harakatni o‘nga burganda 1-qatorda harakatlanib kelayotgan YPX xodimi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti bilan to‘qnashgan. 

Hodisa oqibatida avtomashina haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohat olganlar yo‘q. 

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling