Toshkentdagi savdo majmuasida 35 yoshli shaxs 55 mln soʻmlik poyabzalni oʻgʻirlab ketdi

Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan

Chilonzor tumanida oʻgʻrilik sodir etgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, Chilonzorda yanvar-fevral oylarida nomaʼlum shaxs yirik savdo majmuasi omboridan 2001-yilda tugʻilgan S.U. ga tegishli 55 mln soʻmlik 275 juft ayollar poyabzalini oʻgʻirlab ketgan.

Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 1990-yilda tugʻilgan N.O. aniqlanib, qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling