Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning to‘rtta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot va Mirobod tumanlarining quyidagi hududlariga 4-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Chilonzor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): "Bo‘rijar” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 792 ta yerli xonadon, 46 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 24 ta

Yakkasaroy tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Bog‘saroy” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 256 ta yerli xonadonlar, 44 ta ko‘ p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 60 ta

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Fayzli” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 165 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

Mirobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Farovon”, “Mirobod” va “Sharof Rashidov” MFYlari

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 10 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 15 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling