Taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor tumanining ayrim hududlariga 18-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Katta Doʻmbrobod” MFYdagi 946 ta xonadon
“Doʻmbrobod” MFYdagi 1052 ta xonadon
“Gavhar” MFYdagi 873 ta xonadon
“Tirsaobod” MFYdagi 746 ta xonadon
“Naqqoshlik” MFYdagi 346 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 19 ta
Yangihayot tumanining ayrim hududlariga 18-oktabr kuni soat 13:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Yangi Darxon” va “Yangi Gulzor” MFYlaridagi 260 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta
Olmazor va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 18-oktabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Olmazor tumani (10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“G’. Ag’zamov” MFYdagi 703 ta yerli xonadon
“Chinniobod” MFYdagi 5 ta ko'p qavatli uylardagi 365 ta xonadon
“Zamondosh” MFYdagi 8 ta ko'p qavatli uylardagi 547 ta xonadon
“Ziyo” MFYdagi 4 ta ko'p qavatli uylardagi 154 ta xonadon
“Achaobod” MFYdagi 7 ta ko'p qavatli uylardagi 544 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 20 ta
Yashnobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Olmos” MFYdagi 382 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling