Toshkent viloyatida koʻp yillik daraxtlarni kesgan shaxs tabiatga 199 mln soʻmdan ortiq zarar yetkazdi

Tegishli hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangiyoʻl tumanida navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Reyd davomida tumanning Xalqabod MFY, Oʻzbekiston koʻchasida 1 tup koʻp yillik chinor daraxti tag qismidan kesilganligi hamda yana 1 tup koʻp yillik chinor daraxtiga qasddan shikast yetkazilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tezkor surishtiruv oʻtkazilib, huquqbuzarlik Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar koʻchasida yashovchi fuqaro X.D. tomonidan sodir etilganligi maʼlum boʻldi. U tabiatga 199 million soʻmdan ortiq zarar yetkazgan.

Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, holatga huquqiy baho berish va chora koʻrish maqsadida Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling