Toshkent viloyatida noqonuniy qum-shagʻal qazib olinishi natijasida tabiatga 233 mlrd soʻm zarar yetkazildi

Mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilmoqda

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida navbatdagi tungi reyd tadbiri oʻtkazildi.

Yangiyoʻl tumani, “Paxtachi” MFY hududida boʻlib oʻtgan reyd davomida davlat raqami yechib olingan yuklagich (ekskavator) yordamida yuk tashuvchi avtotransport vositasiga Chirchiq daryosining oqim boʻylab oʻng qirgʻogʻi muhofaza mintaqasi hududidan qum-shagʻal aralashmasi ortib berilayotganligi aniqlandi. 

Inspektorlar tomonidan holatga aniqlik kiritilganida “M.Q.T.” MCHJga tegishli avtotransport vositalari yordamida qum-shagʻal aralashmasi qazib olinib, “G.S.” MCHJ tegishli boʻlgan tosh maydalash sexiga olib borib toʻkilayotganligi maʼlum boʻldi. 

Natijada tabiatga 233 milliard 99 million 588 ming 672 soʻm zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish va tegishli chora koʻrish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling