Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo Kubogida qanday ishtirok etmoqda?

Xitoyda 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo Kubogi oʻtkazilmoqda

Xitoyda 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo Kubogi oʻtkazilmoqda. Unda jami 16 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi musobaqada “C” guruhida ishtirok etdi. 1-turda Yamanga qarshi oʻyin boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston yoshlari 1:0 hisobida gʻalabaga erishdi.

2-turda Indoneziyaga qarshi bahsda Oʻzbekiston termasi 3:1 hisobida gʻalabaga erishdi. 3-tur esa omadsiz boʻldi. Eron terma jamoasi bilan boʻlgan bahsda vakillarimiz 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Endi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi chorak finalda Koreya Ruspublikasiga qarshi maydonga tushadi.

Oʻyin 23-fevral Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling