Qamchiq dovonida 28-aprel kuni soat 11:35 larda harakatlanib kelayotgan Isuzu haydovchisi tormoz tizimida nosozlik kelib chiqqanligi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilgan. Bu haqda Andijon viloyati YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa natijasija Isuzu haydovchisi qo‘l sohalaridagi shilinish jarohati bilan Pop tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi mashina kabinasi ichida qisilib qolgan. Qutqaruvchilar tomonidan haydovchi chiqarib olingan.