Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Dam olish kunlari havo nisbatan salqinlashadi

Havo harorati 18-oktabrda 21-26 darajani tashkil etadi.

O‘zbekistonga 18-oktabrda shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi

Havo harorati kunduz kunlari asta-sekin pasayadi va 18-oktabrda 21-26 darajani, shimolda 15-20 darajani, 19-oktabrda 28-23 darajani, shimolda 13-18 darajani tashkil etadi. 

Havo harorati kechalari 6-11 darajagacha, shimolda 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 18-oktabr kuni kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

19-oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 

Havo harorati shanba kuni 23-25 daraja, yakshanba kuni 19-21 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asta-sekin 8-10 darajagacha pasayadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling