Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkent shahrining Yashnabod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasida 6-may kuni soat 12:22 da ikkita mashina yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 12:28 da yetib borib, yong‘in soat 12:32 da o‘chirildi.

Aytilgan manzilda Damas va Cobalt yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling