Piskentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida uch kishi jarohatlandi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan yo‘lda 8-iyul kuni Damas va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa natijasida 3 nafar harakat ishtirokchilari turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini olib, shifoxonaga yotkizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling