Prezident raisligida Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, davlat rahbari Tuproqqalʼadagi “Damas” zavodi bo‘yicha katta yangilikni aytdi.
Bu zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi.
Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 o‘rindiqqa ega bo‘ladi.
Mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokarani yakunlab, keyingi yilda yirik uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarishni boshlash, 2027-yilda to‘liq siklga o‘tib, mahalliylashtirishni 50 foizga olib chiqish topshirildi.