Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani Sirojiddinov nomidagi litseyda oʻqituvchi oʻquvchini urgani aks etgan video tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganildi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat 16-may kuni Chilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida sodir boʻlgan.
Oʻquvchi J.M. (2007-yilda tugʻilgan) ushbu fanga tayyorgarlik koʻrmaganligi va oʻqituvchi M.A. (1997-yilda tugʻilgan) bir necha bor ogohlantirsada, bola tartibga kelmaganligi uchun oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqib, oʻqituvchi oʻquvchining yuz qismiga qoʻli bilan qattiq urgan.
Hozirda holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling