Gruziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi

David Kotaria Gruziyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

Mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yoʻllari muhokama qilindi, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.

“Tashqi ishlar vazirligi janob Elchini Oʻzbekistonda samarali diplomatik missiyasini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyordir”, — deb yozadi vazir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling