Qozon shahriga tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti - “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Yuksak mukofotni davlat rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.
Prezident ushbu orden bilan Oʻzbekiston va Tatariston oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun mukofotlandi.
Mamlakat yetakchisi Tatariston rahbariga mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, soʻnggi yillarda oʻzaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Tatariston xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling