Xarid qilish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etiladi

Prezident tomonidan qonun imzolandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Ushbu qonun bilan kichik qiymatli xarid uchun soddalashtirilgan tartib-taomil va ikki bosqichli davlat xaridlari kabi xarid qilish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Barqarorlik prinsipi, markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmi, hadli kelishuvni tuzish va amalga oshirish tartibi, shuningdek davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish chogʻidagi manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha choralar hamda boshqa masalalar belgilanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling