Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqildi

Hukumat qarori qabul qilindi

Hukumat qarori bilan “2025-2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi” tasdiqlandi.

Unga koʻra, Strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:

  • barqaror davlat xaridlarini tizimli rivojlantirish, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish;
  • davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;
  • davlat xaridlari ishtirokchilarining shartnoma majburiyatlariga rioya etishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning raqamli texnologiyalarga asoslangan kompleks dasturini joriy etish;
  • davlat xaridlari sohasida xavfni boshqarish, manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlari, korrupsiya va qonunchilikka zid holatlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini koʻrish;
  • davlat xaridlarida tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish;
  • davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy va axborot-tahliliy bazani takomillashtirish.

Shuningdek, 2025-2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling