Vazirlar Mahkamasining “Noturar koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va unga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha kompozit davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Reglament yuridik shaxslar oʻrtasida noturar koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid barcha holatlarga tatbiq etiladi, noturar koʻchmas mulkning hadya va renta shartnomalari bundan mustasno.
Bunda, Reglament taraflar tomonidan noturar koʻchmas mulkni oʻtkazishga oid shartnomalarni oʻzaro mustaqil ravishda yoki notarial tartibda tasdiqlagan holda rasmiylashtirishga toʻsqinlik qilmaydi.
Shartnoma quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
- arizachilar (yuridik shaxslar vakillari) davlat xizmati markaziga shaxsan kelgan holda murojaat qilishadi;
- Davlat xizmatlari markazi 20 daqiqada arizachilarninng shaxsini aniqlaydi, shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi va shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;
- Davlat kadastrlari palatasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestridan koʻchirmani Davlat xizmatlari markaziga yuboradi;
- Davlat xizmatlari markazi koʻchirma kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchilarni bu haqda xabardor qiladi. (soʻrovga koʻra koʻchirma qogʻoz shaklda berilishi mumkin).
Shartnomani davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish uchun BHMning 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling