Buxoro shahrida davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, Buxoro shahrida fuqarolar A.F. va K.D. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) oʻzaro til biriktirib, fuqaro N.I.ga “Oʻtror” aholi punktidagi davlat zaxirasida boʻlgan 10 sotix yer maydonini goʻyoki A.F.ga tegishli ekanligini aytgan.
Ular ushbu yer maydonini tanishlari yordamida 37 ming dollar evaziga hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytgan. Shundan 30 100 dollarni A.F. olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.