JCH. O‘zbekiston debyut o‘yinida Kolumbiyaga yutqazdi

O‘zbekiston 2-turda Portugaliyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichi, 1-tur doirasida O‘zbekiston MTJ Kolumbiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Uchrashuvning 41-daqiqasida Daniel Munyos hisobni ochgan bo‘lsa, 2-bo‘limning 60-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev hisobni tenglashtirdi.

Oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas Luis Dias yana kolumbiyaliklarni oldinga olib chiqdi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shilgan daqiqalar o‘tib borayotganda Xaminton Kampas hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

O‘zbekiston 2-turda Portugaliyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi, mazkur bahs 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling