Markaziy saylov kommisiyasining 29-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisida yagona saylov okrugi boʻyicha saylov natijalari rasman tasdiqlandi.
Shuningdek, deputatlik oʻrinlari siyosiy partiyalar oʻrtasida quyidagicha taqsimlandi:
– Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi — 26 ta deputatlik oʻrni;
– Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi — 14 ta deputatlik oʻrni;
– Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi — 13 ta deputatlik oʻrni;
– Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi — 12 ta deputatlik oʻrni;
– Oʻzbekiston Ekologik partiyasi — 10 ta deputatlik oʻrni.
Majlisda yuqoridagi taqsimotga asosan Markaziy saylov komissiyasining bayonnomasi rasmiylashtirilib, qaror bilan tasdiqlandi.
Bundan tashqari, qaror bilan deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalar va partiya roʻyxati boʻyicha saylangan deputatlarga xabarnomalar yuborish belgilandi. Shundan soʻng, Markaziy saylov komissiyasi ularni Qonunchilik palatasi deputati etib roʻyxatga oladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling