Oʻzbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari qaysi sohalarda koʻpligi aytildi

Statistika agentligi ma'lumot berdi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yil 1-oktyabr holatiga jami 399 031 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

— savdo sohasida – 151 265 ta;

— sanoat sohasida – 63 120 ta;

— qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 35 069 ta;

— qurilish sohasida – 30 329 ta;

— yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 28 492 ta;

— tashish va saqlash sohasida – 16 576 ta;

— axborot va aloqa sohasida – 9 998 ta;

— sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 674 ta;

— boshqa sohalarda – 54 508 ta.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling