Oʻzbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi sportchisi Holmurodov Shohmuroddan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan “Klomifen” moddasi borligi aniqlangan. Bu haqda Milliy antidoping agentligi xabar berdi.
Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (Taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari va markerlari spotrchi analizida mavjudligi)ni buzganligi sababli Butunjahon antidoping kodeksining 10.2.1 bandiga asosan 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
Maʼlumot uchun, diskvalifikatsiya jazo muddatini oʻtayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.
Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qoʻllanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qoʻllash mumkinligi belgilangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling