Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida Fargʻona-Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelgan “Epica” avtomashinasi koʻzdan kechirilganida, yoʻlovchi M.O. 37 dona “Regapen” va 2 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Termiz shahridagi “G.S.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi A.T. tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi boʻlgan 3 ta kapsula “Omnadren” nolmi dori vositasini 120 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.
Ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari boʻlmagan 850 dona “Karbamazepin” va 22 dona “Omnadren ” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling