Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida 2006 va 2007-y.t. shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ular xaridorga 3 kg 222 gramm og‘irlikdagi marixuanani 5 ming dollarga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.