Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Toshkent shahridagi holatga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Poytaxtning drenaj tizimi ishiga qatʼiy eʼtiroz bildirildi, kuni kecha boʻlgan kuchli yomgʻir haqiqiy ahvolni koʻrsatgani qayd etildi.
Drenajni toʻgʻirlashni oʻzi yetarli emasligi, suvni havzalarda toʻplash tizimini qilib, daraxtlarni sugʻorishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.
Umuman, poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga chiqib, drenaj, yashillik, obodonlashtirish kabi masalalarni tepasida turib oʻzi hal qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham koʻpaygani qayd etildi.
Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sunʼiy havzalar bilan birga qurish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling