Andijon viloyatining Andijon tumani, “Qurama” MFY hududidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlining 437 km da 3-fevral kuni soat 10:40 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1994-yilda tugʻilgan haydovchi M.D. oʻzining Nexia-2 avtomashinasida harakatlanib, quvib oʻtish qoidasini buzishi oqibatida oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Labo bilan toʻqnashdi.
Oqibatda Labo haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida avtomashina yoʻl chetidagi beton ustunga borib urilib, agʻdarilib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan, transport vositalari texnik shikastlangan.
Hozirda Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling