Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Namangan viloyatida ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Nukus tumanida DXSH bitimiga asosan koʻmir yetkazib beruvchi “N.A.” MCHJga ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan koʻmir oʻlchovdan oʻtkazilganida, MCHJ masʼul shaxslari umumiy bahosi 1 mlrd soʻmlik jami 2 514 tonna koʻmirni talon-toroj qilgan.
Namangan viloyatida DXSH bitimiga asosan koʻmir yetkazib beruvchi “O.D.” MCHJ rahbari O.Q. va boshqalar kuz-qish mavsumida Kosonsoy tumanidagi byudjet tashkilotlarini isitish uchun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 mln soʻmlik 609,9 tonna koʻmirni boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborib, talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling