Paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytib tahdid qilgan rais salkam 19 mln soʻmlik jarimaga tortildi

Holat Shahrisabz tumanidagi “Paxtakor” MFYda sodir bo'lgan

Qashqadaryo viloyatidagi mahalla raisining paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligi boʻyicha tarqalgan ovozli xabari yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi oʻrganish oʻtkazdi.

Oʻrganish davomida Shahrisabz tumanidagi “Paxtakor” MFY raisi L.Oʻroqov 2024-yil 9-oktyabr kuni Nushkent qishlogʻining “Nushkent birlashaylik” telegram kanaliga ushbu ovozli xabarni yuborib ishsiz fuqarolarni paxta yigʻim-terimiga chaqirganligi, shundan soʻng ular terimga kelganligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan L.Oʻroqovga nisbatan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 18 750 000 soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling