Qashqadaryolik tik-toker Sardor Gangsterga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

U avvalroq qiz farzand koʻrmasligini, xotini qiz farzand tugʻsa, chiqindiga tashlashini aytgan edi

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yashovchi tik-toker Sardor Gangsterga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda “Zamon” koʻrsatuvida xabar berildi.

U avvalroq ijtimoiy tarmoqlar orqali qiz farzand koʻrmasligini, xotini qiz farzand tugʻsa, chiqindiga tashlashini aytgan edi.

“Men qiz farzand koʻrmayman. Agar qiz farzand koʻrsam, xotindan oldirib tashlayman. Qiz kerakmas. Xotin tuqqanidan shunday boraman, qizmi, chiqindi idishga otib yubor, deyman. Kerakmas. Men doʻzaxga kirsam ham oʻgʻil farzand tugʻdiraman. Meni zurriyotim oʻgʻil boʻlishi kerak”, — degan edi tik-toker.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling